15 Avgust 2021 yil 461

Qarovsiz qoldirilgan velosiped o'g'irlandi

Termiz tumanida 2021 yil 30 iyul kuni tumanning "Yangihayot" mahallasida yashovchi, Ch.Shavkat tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 12 iyul kuni soat 10.00 larda, tumanning "Yangihayot" mahallasidagi qurilish do'koniga "Sport" rusumli velosipedida borib, velosipedini ko'cha tomondagi devorga suyab, qarovsiz qoldirib do'konga kirib qaytib chiqqanida, velosipedini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni Angor tumani, "Chinobod" maxallasida yashovchi, J.Rustam sodir etganligi aniqlangan. 2 avgust kuni J.Rustamga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech