Qarovsiz qoldirilgan velosiped o'g'irlandi
Termiz shahrida 2021 yil 22 iyun kuni Termiz tumani "Navruz" mahallasida yashovchi, shahardagi 21-sonli maktab o'quvchisi, J.Xayitmurod shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 21 iyun kuni soat 18.00 larda, shaharning "Manguzar" mahallasi hududida, o'ziga tegishli narxi 800.000 (sakkiz yuz ming) so'mlik 1 dona "Aist" rusumli velosipedini qarovsiz qoldirishi oqibatida noma'lum shaxs tomonidan o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Termiz tumanida yashovchi, 50 yoshli N.Alisher sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 3 iyul kuni N.Alisherga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati