16 Mart 2021 yil 558

Qalloblarning qilmishi fosh etildi

Muzrabot tumanida 2021 yilning 12 mart kuni tuman IIB tergov bo'limining xabariga ko'ra, tumanning "Guliston" mahallasida yashovchi, X.F. va S.J. hamda shu tumanning "Alpomish" mahallasida yashovchi, J.X.lar, 2020 yilning dekabr oyidan 2021 yilning fevral oyiga qadar bo'lgan vaqt oralig'ida, Angor tumani "Oxunboboev" mahallasida yashovchi, I.Q., Muzrabot tumani "Yangidiyor" mahallasida yashovchi, J.A. va boshqalarning jami 102.000.000 (bir yuz ikki million) so'mlik qora mollarini savdolashib olib ketib, pullarni 1 oyda berishlarini va'da qilib, o'zlashtirib ketganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan 12 mart kuni X.F., S.J. va J.X.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismining "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Odamlarning ishonchiga kirib olib, o'zlarining yolg'on shirali gap-so'zlari bilan ularni chuv tushirishga as bo'lib qolgan uch firibgar Qalloblar endilikda, Odil sudning qora kursisida o'tirib javob berishiga to'g'ri keladi. Xalqimizda bir gap bor "olmoqning bermog'i, emoqning qusmog'i bor"-deb, bu gap ayni shu uch nafar Qalloblar xiliga qarata aytilgan bo'lsa ne ajab!

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech