Qalbaki hujjat bilan erni o'zlashtirgan edi
Oltinsoy tumanida 2021 yilning 11 fevral kuni, tumanning "Botosh" mahallasida yashovchi, A.A. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tumanning "Bibizaynab" MFYda yashovchi, N.Q. "Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri" Davlat korxonasi tuman filiali mansabdor shaxslari bilan 2019 yilning yanvar oyida, "ko'chmas mulkka bo'lgan va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro'yhatidan o'tkazish tartibi to'g'risida"gi Nizomning 4-ilovasidagi ma'lumotnomaga aslida tuman hokimligi zahira er fondida bo'lgan er maydonini tumandagi "Paxtakor" MMTPga qarashli er maydoni sifatida "492,8 ga" er uchastkasi maydoni qilib yozib, soxta ma'lumot kiritib, 2019 yilning 13 aprel kuni ko'chmas mulk ob'ektiga egalik huquqini rasmiylashtirishga erishgan.
Denov tumani IIB ekspert kriminalistika bo'linmasining xulosasida, ma'lumotnoma hujjatining "er uchastkasining maydoni" qatorining o'ng tomonidagi "792,8" raqamlari N.Q. tomonidan bajarilganligi ko'rsatilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan, 10 mart kuni N.Q.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismining "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati