5 May 2021 yil 563

Qahramonlar xotirasi unutilmaydi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yurtimizning tinchligi va osoyishtaligini buzish uchun bo'lgan terrorchilik harakatida, qonli to'qnashuvli jangda mardlarcha halok bo'lgan kichik serjant Esonov Akbar Abdujabborovichning o'chmas xotirasiga bag'ishlangan "qahramonimizni xotirlaymiz, ularni Vatan unutmaydi" mavzusida Termiz shahridagi 12 sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida xotira kechasi o'tkazildi.
Qahramonimiz o'qib ulg'aygan Vatanga sadoqat, mehr va muhabbat singdirilgan 12 son umumiy o'rta ta'lim maktabida, o'tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi xodimlari mayor M.P.Bozorov, mayor g.Raxmatova hamda Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.
Tashkil etilgan xotira kechada, marhum A.Esonovning akasi E.Esonov, singlisi M.Esonova va boshqa qarindoshlari hamda faxriylar Akbar Esonov to'g'risidagi dil so'zlarini bayon etib, shirin va unutilmas xotiralarini yodga olishdi. Tadbir davomida o'quvchi yoshlarning kuy qo'shiqlari, ashula va raqslari ijro etilib, tadbirl ishtirokchilarining dillarini hushnud etishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech