18 Avgust 2021 yil 520

Pullarni o'zlashtirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 25 iyul kuni tumanning "Gulhovuz" mahallasida yashovchi, X.Chori tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tumanning "Hayitobod" mahallasida yashovchi, tumandagi maktabning mas'ul xodimi X.Juma ushbu maktabning eski binosini buzib olishi uchun hujjat qilib berishini va'da qilib, 2018 yil iyul oyidan 2019 yil iyul oyiga qadar jami 74.700.000 (etmish to'rt million etti yuz ming) so'm pullarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan firibgarlik yo'li bilan ushbu pullarni o'zlashtirib, o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. 5 avgust kuni X.Jumaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech