11 Iyun 2022 yil 286

Pulingizni telefon g‘ilofida saqlamang!

Sariosiyo tumanida 2022 yil 17 may kuni, tumanning “Jannatmakon” mahallasida yashovchi Sh.M. tuman IIBga ariza bilan murojaat qiladi. Unda shu kuni soat 9.00 da, tumanning M.Ulug‘bek mahallasida joylashgan savdo do‘konidan unga tegishli “Redmi 9” rusumli telefon apparati va uning g‘ilofida bo‘lgan 520.000 so‘m pulini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketilganligini bildiradi. Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni tumanning “Nurbuloq” mahallasida yashovchi U.T. sodir etganligi aniqlanib ushlandi. 22 may kuni U.T.ga nisbatan O‘zR JKning 169-m. 1-q. bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surxondaryo viloyati IIB AXborot xizmati
Text to speech