26 Fevral 2022 yil
430
Pul oldi-berdisidagi kelishmovchilik, janjalga sabab bo'ldi
Termiz shahrida 2022 yil 16 fevral kuni soat 20:00 lardada, shaharning "Eski shahar" mahallasida yashovchi, Ya.Vohid (ism shariflar o'zgartirilgan), mahallasida joylashgan savdo do'koni yonida, tanishi, Boysun tumanida ro'yxatda turib, vaqtincha shahrida yashovchi, Ch.Sadirni o'rtalarida bo'lgan pul oldi-berdi masalasida janjallashib qolib, janjal vaqtida qo'lidagi oshxona pichog'i bilan Ch.Sadirning qorin sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. 17 fevral kuni Ya.Vohidga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "ye,l" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati