Pul evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan ayol tezkor tadbirda qo‘lga olindi
Oltinsoy tumanida 2022 yil 7 oktabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, tumanning “Qorliq” mahallasida yashovchi, D.Saidning viloyat IIB boshlig‘i nomiga bergan arizasi yuzasidan 2022 yil 02 oktabr kunida viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qaro‘i kurashish boshqarmasi tomonidan “Qorliq” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, shu tumanda yashovchi N.Navnihol (ism shariflar o‘zgartirilgan) fuqaro D.Saidni Tojikiston Respublikasiga o‘qishga kiritish evaziga undan 1000 (bir ming) AQSh dollari talab qilib, shundan 900 (to‘qqiz yuz) AQSh dollarni olgan vaqtida tezkor-tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 7 oktabr kuni N.Navniholga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati