11 Oktyabr 2025 yil 67

“Psixologiyada borliq qonunlari” mavzusida seminar-trening.

Joriy yilning 9-oktabr kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida  psixolog X.M. Bekmurodova tomonidan “Psixologiyada borliq qonunlari” mavzusida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilarga borliq qonunlari tushunchasi, ularning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Trening rejasi asosida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

1. Borliq qonunlari nima? — Mazkur qismda borliq qonunlarining mohiyati va inson tafakkuri bilan bog‘liqligi tushuntirildi.

2. Borliqning asosiy qonunlari — Tabiat, jamiyat va inson ongidagi o‘zaro aloqadorlik, sabab-oqibat hamda tizimlilik qonunlari misollar orqali izohlandi.

3. Psixogenetika tushunchasi — Insonning ruhiy rivojlanishida genetik omillar va irsiyatning o‘rni haqida so‘z yuritildi.

4. So‘zlarning inson hayotiga ta’siri — Nutqning psixologik ta’siri, ijobiy va salbiy so‘zlarning inson ruhiyatiga ko‘rsatadigan ta’siri amaliy mashg‘ulotlar orqali tahlil qilindi.

 Trening yakunida o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, inson psixologiyasida borliq qonunlarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish hayotda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

Text to speech