Profilaktika inspektorlari uchun sayyor o'quv yig'ini tashkil etildi
Joriy yilning 27 aprel kunidan 6 may kuniga qadar viloyat ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlariga "shahar inspektori" va "qishloq inspektori" modellari asosida tumanlararo bazaviy sayyor o'quv yig'inlarining ikkinchi bosqichi vohaning Sherobod va Denov tumanlarida boshlandi.
Shu munosabat bilan, 27 aprel kuni Sherobod tumanida IIV malaka oshirish instituti va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi fuqaro muhofazasi instituti professor-o'qituvchilari, viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda o'quv yig'iniga jalb qilingan viloyat ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari ishtirokida sayyor o'quv yig'ini oldi uchrashuv o'tkazildi.
Mazkur o'quv kurslarini tashkil etishdan asosiy maqsad – profilaktika inspektorlarining bazaviy huquqiy, kasbiy bilimlari va amaliy ko'nikmalarini oshirishdan iboratdir.
O'quv kursida ishtirok etadigan profilaktika inspektorlariga vazirlik Akademiyasi, malaka oshirish instituti, Milliy gvardiya jamoat xavfsizlik universiteti, Bosh prokuratura Akademiyasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi fuqaro muhofazasi instituti hamda sudyalar oliy kengashi huzuridagi oliy maktabining tajribali professor-o'qituvchilari hamda viloyatning nazorat va huquq-tartibot organlari tizimidagi tajribali xodimlari tasdiqlangan dasturga muvofiq hamda o'qitishning zamonaviy texnik vositalari va o'quv-ko'rgazmali qurollaridan keng foydalangan holda o'quv mashg'ulotlarini belgilangan tartibda olib borishadi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati