10 Oktyabr 2025 yil 81

“Profilaktika inspektorlarini xizmat faoliyatini yangicha yo‘lga qo‘yish va kunlik tahlil qilish” tizimi amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 5-oktabr kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Abdullaev rahbarligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida “Profilaktika inspektorlarini xizmat faoliyatini yangicha yo‘lga qo‘yish va kunlik tahlil qilish” to’g’risida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatidaham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi mas’ul hodimlari hamda, hududiy Ichki ishlar boshqarma va bo‘lim mas’ul rahbarlari tomonidan mahallalarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlariga yangicha ish uslubida kunlik vazifalar belgilab berilib, kechki yo‘riqnoma vaqtida amalga oshirilgan ishlar hodimlar kesimida tahlil qilib borilmoqda.

O‘tkazilgan muhokamalar chog‘ida viloyatda hizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining “KPI” baholash tizimi muhokama etilib, profilaktika inspektorlarining bir kunlik faoliyatiga baho berilmoqda, muhokama jarayonida ijobiy ko‘rsatgichga ega bo‘lgan hodimlar bosqichma-bosqich rag‘batlantirilish choralari ko‘rilmoqda.

Text to speech