Profilaktik nazoratda turgan hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida Jasorat maktabi o‘quv yig‘inining 2-mavsumi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning
2024 yil 13 yanvar kunidagi hamda Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining 2024 yil
15 fevral kuni tasdiqlangan tegishli buyruqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Surxondaryo
viloyatida “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan ichki
ishlar idoralarida profilaktik nazoratda turgan hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida
Jasorat maktabi o‘quv yig‘inining 2-mavsumi Termiz tumanidagi harbiy qismda tashkil
etildi.
O‘quv yig‘iniga jami bo‘lib
100 nafar uyushmagan yoshlar ishtiroki ta’minlanib, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Huquqbuzarlikdar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik
A.Xudoyberdiev tomonidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, yoshlarni qiynab
kelayotgan muammolari va takliflari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvdan so‘ng o‘quv yig‘iniga jalb etilgan 100
nafar uyushmagan yoshlar ishtirokida Sherobod tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 4-mintaqaviy hudud 41-sonli manzil
kaloniyasi hamda u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishtiruv amalga oshirildi.