13 Aprel 2023 yil 364

Profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ma’naviy-marifiy ishlar amalga oshirildi

Ichki ishlar organlari probatsiya hisobida turuvchi va muqaddam sudlangan shaxslar bilan qayta jinoyat sodir etmasliklari va vatanga muhabbat hissini shakllantirish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz tumanidagi “Al-Hakim At-Termiziy” ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi.

Tashkil etilgan sayohat davomida, o‘tmishda yashab o‘tgan bobokalonlarimiz tomonidan amalga oshirilgan bir qancha savobli ishlari, yurt tinchligi va farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlari, jahon ilm-ma’rifatiga qo‘shgan hissalari haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Text to speech