18 Oktyabr 2021 yil 503

Probatsiya nazoratida turgan fuqarolarning ijtimoiy muammolari o'rganildi

Qumqo'rg'on tumanida IIB probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar bilan profilaktik suhbat tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va tuman IIBning mas'ul xodimlari ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda probatsiya nazoratida turgan fuqarolarning ijtimoiy muammolari o'rganilib, ularning qayta jinoyat sodir etishining oldini olish, jamiyatga moslashishi, o'rnatilgan tartib qoidalarga rioya qilishlari, ozodlik va oila qadr-qimmatini anglashi kabi masalalar muhokama etildi.

Tadbir davomida, Qumqo'rg'on tuman IIB taqdimnomasiga asosan jinoyat ishlari bo'yicha Qumqo'rg'on tuman sudi tomonidan sayyor sud o'tkazildi.

Unda tuzalish yo'liga o'tgan, o'rnatilgan tartib-qoida talablarga rioya qilgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan jinoyat sodir etgan probasiya guruhi hisobida turgan 2 nafar shaxslar muddatidan oldin jazodan ozod qilindi.

Text to speech