8 Avgust 2023 yil
392
Probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan huquqiy uchrashuv-muloqot tadbiri doirasida ularning ijtimoiy masalalari hal etildi.
Sherobod tumani IIB JXX probatsiya guruhi hisobida turuvchi tumanning 3-sektorida yashovchi nazorat ostidagi shaxslar bilan huquqiy uchrashuv-muloqot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish, nazorat ostidagi shaxslarni huquqiy ongini oshirish va qonunga itoatkorlik hissini oshirishdan iborat.
Har qanday inson xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, muhimi uni o‘z vaqtida anglay bilishi, hayotni yangitdan boshlash, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Shu sababli soha rahbarlari tomonidan nazorat ostidagi shaxslarni qiynayotgan masalalari tinglanib huquqiy tushunchalar berildi.