2 Sentyabr 2022 yil 428

Probatsiya hisobida turgan shaxslarga psixologik tavsiyalar berilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi tomonidan hisobda turgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning psixologik portretlari tuzulib, tegishli toifalarga ajratildi. Ularning har biri bilan qayta jinoyat yo‘liga kirmaslik, takror jinoyat sodir etmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Ajratilgan toifalar asosida viloyatning barcha shahar-tuman IIB Probatsiya inspektorlari inspektor-psixologning tavsiyalari asosida nazorat ostidagi shaxslar bilan ishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi 84-sonli qaroriga asosan viloyat IIB Probatsiya bo‘limi hamda  hamkor tashkilotlar bilan barcha shahar-tuman probatsiya nazorati ostidagi shaxlar bilan sayyor qabullar o‘tkazilib, ularning  muammolari joyiga chiqilgan holda o‘rganilmoqda.

Nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish uchun jamoatchilik tashkilotlari hususan “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi bilan hamkorlikda qator ijobiy ishlar olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Bu kabi ijobiy ishlar Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish orqali, ular tomonidan takror jinoyat sodir etilishining oldini olishga xizmat qilish bilan birga kelajakda jamiyatda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga zamin yaratadi.

Text to speech