Probatsiya hisobida turgan shaxslar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish yo‘lida
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi tomonidan 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida jami hisobda turgan qariyb olti yuz nafar shaxs bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning psixologik portretlari tuzulishiga erishilib, tegishli toifalarga ajratildi. Ularning har biri bilan qayta jinoyat yo‘liga kirmaslik, takror jinoyat sodir etmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Ajratilgan toifalar asosida viloyatning barcha shahar-tuman IIB Probatsiya inspektorlari inspektor-psixologning tavsiyalari asosida nazorat ostidagi shaxslar bilan ishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi 84-sonli qaroriga asosan joriy yilning may oyi davomida viloyat IIB Probatsiya bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan barcha shahar-tuman probatsiya nazorati ostidagi shaxlar bilan sayyor qabullar o‘tkazilib, ularning muammolari joyiga chiqilgan holda o‘rganildi.
Nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish uchun jamoatchilik tashkilotlari hususan “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi bilan hamkorlikda qator ijobiy ishlar olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Bu kabi ijobiy ishlar Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qilish bilan birga kelajakda ular jamiyatda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga zamin yaratadi.