2 Noyabr 2022 yil
381
Probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi
Kuni kecha Sherobod tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar yashash xonadonida, tungi xizmat o‘tash davomida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik R.Ro‘ziev, viloyat IIB Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik B.Raxmonqulov, tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov va boshqa mas’ullar ishtirokida ushbu nazorat ostidagi shaxslarning kelgusida qayta jinoyat sodir etmasligi bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazildi.
O‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida, ular jazoni belgilangan tartibda o‘tashlari, shuningdek, bugungi kunda yurtimizda insonparvarlik tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.