Probatsiya xisobida turgan shaxslarni psixokorreksiya qilish usullari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limida amaliyot o‘tayotgan Termiz Davlat Pedagogika Instituti pedagogika-psixologiya ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabalari va Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi inspektor-psixologi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 84-son qaroriga muvofiq “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazida trener-psixolog Sh.Farmonova tomonidan "Probatsiya hisobida turgan shaxslarni psixokorreksiya qilish usullari" mavzusida davra suhbati va semenar-trening o‘tkazildi. O‘tkazilgan ushbu davra suhbatidan ishtirokchilar bilan psixokonsultatsiya va psixodiagnostika bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish hamda buni amaliyotga keng tatbiq etib, xizmat faoliyati davomida foydalanish maqsad qilingan.