“Probatsiya oyligi” doirasida Probatsiya guruhi xodimlari uchun o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining
tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 27 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkonik Sh.N.Musurmonov boshchiligida
viloyat Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limida
shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan
“ZOOM” platformasi orqali onlayn o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi “Muayyan huquqdan
mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning
ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga
oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi tegishli buyrug‘iga
asosan tushunchalar berildi.
O‘quv-seminar mashg‘uloti
davomida ushbu buyruqning aynan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo
turi va uni ijro etishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi hamda Probatsiya xizmati
xodimining majburiyatlari haqida tushunchalar berib o‘tildi.
Shuningdek,
o‘quv-seminar ishtirokchilariga “Probatsiya oyligi” davomida barcha yo‘nalishdagi
ishlarni jonlantirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.