“Probatsiya oyligi” doirasida Termiz shahrida Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar uchun “Sayyor sud” tashkil etildi.
Termiz shahar Ichki
ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi nazorati ostidagi
30 nafar shaxslar berilgan jazo muddatida taqiq va cheklovlarga amal qilib, mehnatga
halol munosabatda bo‘lganligi hamda o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan
shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan
ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Sud jarayonida, Termiz
shahar sudining raisi A.Mirzaev hamda Boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya
bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Musurmanovlar tomonidan sayyor sud majlisiga yig‘ilgan
nazorat ostidagi shaxslarga kelgusida qayta jinoyat sodir etmasliklari hamda berilgan
imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligi tushuntirib o‘tildi.