Probatsiya guruhi hisobida turgan ayollarning yashash manziliga borilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29
noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash
va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining 4-bandi hamda
O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida,
Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turib, ozodlikdan
cheklash jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi ayollarning yashash manziliga borilib,
ularning yashash sharoiti hamda ularga tegishli shahar-tuman sud organlari tomonidan
qo‘yilgan taqiq va cheklovlarga rioya etishlari, kelgusida qayta huquqbuzarlik va
jinoyat sodir etmasliklari shuningdek, bundan keyin o‘zlariga tegishli xulosa chiqarishlari
yuzasidan Termiz shahar IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari podpolkovnik O‘.Shukurov,
Termiz shahar Hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari G.Raxmonova
hamda Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi inspektorlari
va hududiy profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda nazorat ostidagi ayollarning
yashash manzili tekshirilib, ular bilan tushuntirish-profilaktik ishlar amalga oshirildi.