Probatsiya guruhi xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti
Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 25 may kuni
viloyat Soliq boshqarmasi bosh inspektori Otabek Astanaqulov ishtirokida Surxondaryo
viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali
onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand
ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 sentabrdagi
450-son qaroriga asosan tushunchalar berildi.
O‘quv-seminar mashg‘uloti
davomida ushbu qarorning 1-bandida- O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish
va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining
2023 yil 1 oktabrdan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul
qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav (fondi)
kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan
mustasno) har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom
ettirgandan so‘ng bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik
subsidiya ajratish to‘g‘risidagi taklifi; 2-bandida- jazoni ijro etish muassasalaridan
ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilgan ish beruvchilar tomonidan subsidiya olish
uchun murojaat qilish hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan subsidiya ajratish tartibini nazarda tutuvchi Jazoni ijro etish muassasalaridan
ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish
davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibi to‘g‘risida va
3-bandida- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi
ikki oy muddatda 2025 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub’ektlariga O‘zbekiston
Respublikasi respublika budjetidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan
shaxslarning nazoratda bo‘lgan (probatsiya) davrida mehnatga haq to‘lash tarzidagi
daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini
hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasidan keyin qaytarib berish tizimi to‘g‘risida
tushunchalar berib o‘tildi.
Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini
qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.