Probatsiya guruhi xodimlari uchun galdagi o‘quv- seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat
xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga
asosan 2024 yil 20 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati
Probatsiya bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori podpolkovnik Azizjon Ashurov
boshchiligida Surxondaryo viloyati Davlat Soliq boshqarmasi, Soliq to‘lovchilarga
xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori Shuxrat Arziqulov tomonidan Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya
guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali onlayn o‘quv-seminar mashg‘uloti
bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2023 yil 05 sentabr kunidagi “Aholini ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini
qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha chora–tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-450-son
qarori mazmun-mohiyati yetkazilib, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan
shaxsni ishga qabul qilgan ish beruvchilar tomonidan subsidiya olish uchun murojaat
qilish hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya
ajratish tartibini nazarda tutuvchi Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan
shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Shuningdek,
o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan
javoblar olishdi.