27 Aprel 2024 yil 548

Probatsiya guruhi xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 27 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkonik Sh.Musurmonov boshchiligida viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta mutaxassisi I.Suyunov ishtirokida Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminar mashg‘ulotida “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida diniy ekstrimiz oqimlari, diniy ekstrimistik mazmundagi saytlar va ijtimoiy tarmoqlar, jamiyatimiz kelajagiga salbiy ta’siri, shuningdek, Probatsiya nazoratida turgan diniy ekstrimizm oqimi a’zolarni bilan ishlash tartiblari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech