6 Aprel 2024 yil 595

Probatsiya guruhi xodimlari uchun navbatdagi o‘quv- seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 6 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkonik Sh.Musurmonov boshchiligida Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Iqbol Shamaeva tomonidan Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminar mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabr kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda o‘zbekiston respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4079-son Qarori mazmun-mohiyati yetkazilib, probatsiya nazorati ostidagi shaxslarning xorijga chiqish biometrik pasportiga egalik qilish, olib qo‘yish, qaytarish tartibi va muddatlari yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech