13 Iyul 2024 yil 495

Probatsiya guruhi xodimlari uchun galdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 13 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi Jazoni ijro etish va probatsiya nazorati guruhi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori podpolkonik A.Ashurov boshchiligida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi”gi tegishli buyrug‘ining mazmun-mohiyati mavzusida onlayn o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi”gi buyrug‘iga asosan Probatsiya bo‘linmalarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etilishi, hisobga olish va chiqarish asoslari, yig‘ma jildlarning yuritilishi, nazoratni amalga oshirish tartiblari, ularning saqlanish muddatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech