10 Avgust 2024 yil 328

Probatsiya guruhi xodimlari uchun o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 10 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkonik Sh.N.Musurmanov boshchiligida viloyat Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminar mashg‘ulotida “Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish” mavzusida xodimlarga tushunchalar berildi.

 O‘quv-seminar mashg‘uloti davomida “Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratniamalga oshirish”da probatsiya inspektorlarining faoliyati hududiy profilaktika inspektorlari bilan kunlik uzluksiz hamkorlikda tashkil etilishi, probatsiya inspektorlari zimmasiga profilaktik hisob va ma’muriy nazoratdagilarning shaxsini o‘rganish va ularni ijtimoiy moslashtirish ishlarida profilaktika inspektorlariga amaliy-uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklanganligi, probatsiya nazoratidagi shaxslarga o‘rnatiladigan cheklovlar doirasini, cheklovlarga rioya etishni ta’minlash va nazorat qilishning mexanizmlarini aniq belgilash, probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan yuritiladigan hujjatlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, ularga nisbatan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi va asoslarini belgilash, probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy-psixologik yordam berish hamda kasb-hunar o‘rganish va ishga joylashishda ko‘maklashish tadbirlarini, mutasaddi organlarning vazifalarini aniq belgilagan holda, yakka tartibdagi ijtimoiy moslashtirish dasturi asosida amalga oshirish, probatsiya nazoratidagi shaxslar ijtimoiy-psixologik portretining yagona shaklini, ularni toifalarga ajratish mezonlarini, yangi jinoyat sodir etishning oldini olish tartibini belgilash kabi ustovor vazifalar yuklanganligi haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech