Probatsiya guruhi xodimlari uchun o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining
tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 6 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkonik Sh.N.Musurmanov boshchiligida
viloyat Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali
onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
2022 yil 19 fevraldagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash departamenti Probatsiya
xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga
asosan tushunchalar berildi.
O‘quv-seminar mashg‘uloti
davomida, ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Prezideniting 2021 yil 29 noyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ijrosini ta’minlash va xizmatda
yangi ish uslublarini tadbiq etish maqsadida ishlab chiqishganligi, xizmat xodimlarining
asosiy xizmat vazifalari va funksiyalari ko‘rsatib o‘tilganligi, xizmatning huquqlari,
majburiyatlari va javobgarligi haqida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.
Probatsiya nazoratidagi
shaxslar tomonidan yangi jinyatlar sodir etilishi xavfini aniqlash va bartaraf etish
bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi haqida tushunchalar
berib o‘tildi.
Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini
qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.