20 Iyul 2024 yil 439

Probatsiya guruhi xodimlari uchun nabatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 20 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi Jazoni ijro etish va probatsiya nazorati guruhi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori podpolkonik A.Ashurov boshchiligida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan “ZOOM” platformasi orqali “Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish” mavzusida onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminar mashg‘uloti davomida, Probatsiya bo‘linmalari tomonidan axloq tuzatish tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish, nazoratni amalga oshirish tartiblari, hisobga olish va chiqarish asoslari, yig‘ma jildlarning yuritilishi, ularning saqlanish muddatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech