17 Fevral 2024 yil 595

Probatsiya guruhi xodimlari uchun o‘quv- seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 17 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkonik Sh.Musurmonov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Tursunov tomonidan Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminar mashg‘ulotida probatsiya nazorati ostidagi yoshlarga Yoshlar agentligi tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yordamlar, ularni “Yoshlar daftari”ga kiritish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyun kunidagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-312-son qarori qisqacha mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech