1 May 2020 yil
783
Probasiya hisobida turgan shaxslarning muammolari o'rganilmoqda
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Probasiya bo'limi hisobida turib jazo o'tayotgan hamda profilaktik hisobda turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o'tkazilib, ularning turmush tarzi bilan yaqindan tanishilib, muammolari o'rganilmoqda.
Mazkur uchrashuvlardan ko'zlangan asosiy maqsad esa ularning bandligini ta'minlash, tomorqa er egaligi mavjudlari tomorqalaridan unumli foydalanish orqali foydali mehnat bilan shug'illanishlariga qaratilib oilasi daromadini yaxshilashga ko'maklashishdan iboratdir.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga moddiy ko'maklar ko'rsatilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati