Probasiya hisobida turgan shaxslar jazo muddatlaridan ozod etildi.
2020 yilning 16 iyun kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Qumqo'rg'on tuman sudi binosida ochiq sud Majlisi bo'lib o'tdi.
Mazkur o'tkazilgan ochiq sud majlisida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi "Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4006-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Jinoyat ishlari bo'yicha Sho'rchi tuman sudi raisi M.A.Hakimov tomonidan Qumqo'rg'on tumani ichki ishlar organlari Probasiya guruhi hisobida turib ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazo turlarini o'tayotgan, sodir etgan jinoyatidan chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va mehnatga vijdonan munosabatda bo'lgan 12 nafar nazorat ostidagi shaxslarning o'talmay qolgan jazo muddatlari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
Ushbu toifadagi shaxslar kelgusida qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish maqsadida huquqiy maslahat hamda ijtimoiy yordamlar tegishli tashkilotlar mas'ullari tomonidan ko'rsatilib o'tildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati