Prezidentimiz topshiriqlari ijrosini ta’minlash, yoshlar siyosati va ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida Surxondaryo viloyatida tizimli ishlar va manzilli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Timur Ismailovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-110-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan Termiz shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda loyihalar ijrosi bilan tanishdi.
Tashrif doirasida
Termiz shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabida Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan
yoshlar o‘rtasida vatanparvarlikni kuchaytirishga qaratilgan loyiha taqdimoti hamda
ta’lim dargohida amalga oshirilgan qurilish va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.