14 May 2021 yil 571

Prezidentimiz "Ramazon" bayrami munosabati afv e'lon qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning 11 may kunidagi "Ramazon" bayrami munosabati bilan "ozodlikdan mahrum etish jazosini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga o'tgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida"gi PF-6225-sonli Farmonini imzoladi.
Mazkur Farmon hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 23-bandi va O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 76-moddasiga asosan, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan 41-sonli manzil koloniyasidan 4 nafar hamda 35-sonli manzil koloniyadan 1 nafar shaxslar qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi va tuzalish yo'liga qat'iy o'tganligi uchun afv etildi.
Respublikamizda jami bo'lib 100 nafar afv etilgan shaxslarning 3 nafari asosiy jazodan to'liq ozod etildi, 43 nafari jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 10 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi engilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 44 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 12 nafarini chet el fuqarolari, 4 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 6 nafarini ayol hamda 52 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech