1 Aprel 2025 yil 218

Prezident Farmoni bilan afv etilgan surxondaryolik shaxslar tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilib, ularning mummolari hal qilinmoqda.

Kechirimlilik, Bag‘rikenglik xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan, so‘ngi yillarda bu kabi ezgu sayi harakatlar yangicha mazmun kasb etib bormoqda. 

Kuni kecha Prezidentimizning “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoni yuksak insonparvarlikning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Mamlakatimizda “Ramazon hayiti” bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 mart kunidagi PF-62-sonli Farmoniga muvofiq 408 nafar shaxslar afv etildi.

Ushbu afv etilgan shaxslarning 28 nafari surxondaryoliklardir. Ularing muammosini o‘rganish, ijtimoiy hayotga moslashtirish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan tizimli ishlar olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Bunda sohaviy xizmatlar va hamkor tashkilotlar yordamida ularning oilaviy sharoitlari o‘rganilgan holda ularni qiynayotgan muammolar va kamchilliklariga ijobiy yechim izlanmoqda.

Xususan, bugun avf etilgan shaxslarga fuqarolik pasportlari rasmiylashtirili, bir martalik moddiy yordam pullari olib berildi. Shuningdek, ularning sog‘liklarini tiklashlari uchun mutaxassis shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi. Bu boradagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.

Text to speech