“Prezident archasi” tadbiri hamda “Yangi yil” bayrami oldidan Surxondaryo viloyati IIB xotin-qizlari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 dekabrdagi “Prezident archasi” tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayonnomasiga asosan “Yangi yil” bayram tadbirini o‘tkazish davomida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, maqsadida Surxondaryo viloyati IIB xotin-qizlari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Unda xodimalar
tomonidan joylarda o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida jamoat tartibi va fuqarolar
osoyishtaligini ta’minlashda alohida jonbozlik ko‘rsatishlari zarurligi hamda xizmat
intizomi va qonuniylikka qat’iy amal qilishlari bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar
berildi.
Saf ko‘rigida shaxsiy
tarkibni Vazirlikning 2019 yil 8 avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida formali
kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi tegishli
buyrug‘ida belgilangan formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalariga amal qilishlari, tashqi
ko‘rinishi, xizmat guvohnomasi, “Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” mavjudligi
hamda ularning saf tayyorgarlik darajasiga alohida
e’tibor qaratildi.
Aytish joizki, o‘tkazilayotgan bu kabi saf ko‘riklari ichki ishlar organlari xodimalarini har tomonlama turli vaziyatlarda xizmatga shay turishlarini ta’minlaydi.