Pora chora bo'lmadi
Qiziriq tumanida 2021 yilning 23 mart kuni IIV o'z xavfsizligi boshqarmasi viloyat bo'limi hamda tuman prokuraturasi, IJQK departamenti tuman bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda, tuman IIB binosida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning "Zarobod" mahallasida yashovchi, R.N., o'g'li O'.R. yashash xonadonida qimor o'yinlarini tashkil etib, qimor o'ynayotganligi holati yuzasidan to'plangan hujjatlarga chora ko'rmaslik va to'plangan hujjatlarni sud organlariga o'tkazmaslik evaziga 1.400.000 (bir million to'rt yuz ming) so'm pora taklif qilib, ushbu pullarni tuman IIB mas'ul xodimi E.Sh.ning xizmat xonasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 24 mart kuni R.N.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Farzand tarbiyasi bilan jiddiy shug'ullanish o'rniga o'g'lining sodir qilgan jinoyatini pora berish orqali yopib yuborishni past niyatda maqsad qilgan R.N. o'g'li O'.R.ning noqonuniy xatti-harakatlaridan tegishli xulosa chiqarmaganligi oqibatida o'zi ham jinoiy javobgarlikka tortildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati