24 Iyun 2020 yil 597

Plastik kartadan pul o'g'irlagan shaxs aniqlandi

Oltinsoy tumanida 2020 yilning 18 may kuni, tumanning "Dug'oba" mahallasida yashovchi J.Q. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 18 may kuni "Redmi Note 5" rusumli telefon apparatidan tanishi, tumanning "Ekraz" mahallasida yashovchi S.S. foydalanib, "Agrobankmobil" ilova dasturiga kirish yo'li bilan yashirin ravishda uning plastik kartasidan 1.449.699 (bir million to'rt yuz qirq to'qqiz ming olti yuz to'qson to'qqiz) so'm pulini echib olganligini bildirgan. 22 iyun kuni S.S.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech