Plastik kartadagi pullarni naqd qilib berishni va’da qilgan ayolga firibgarlik jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Uzun tumanida 2023 yil 14 yanvar kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, 6 yanvar kuni Oltinsoy tumanida yashovchi, F.Feruz (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBning qisqa raqamli “102” xizmatiga murojaat qilib, unda 2022 yil dekabr oyidan 2023 yil 5 yanvar kuniga qadar Sariosiyo tumanida yashovchi L.Jamilaning nomida bo‘lgan plastik kartasiga bo‘lib-bo‘lib jami 68.528.000 (oltmish sakkiz million besh yuz yigirma sakkiz ming) so‘m pulni naqd qilish uchun o‘kazib beradi, ammo L.Jamila ushbu pullarni naqd qilib berish o‘rniga o‘zlashtirib, o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuboradi. 14 yanvar kuni L.Jamilaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati