Pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha ishchi guruh Surxondaryoda
Mazkur ishchi guruh viloyat hududida joriy yilning 20 oktabrdan 12 noyabr kuniga qadar faoliyat olib boradi. Hozirda JTS, HPB, YHXB, JQB va boshqa sohaviy xizmat xodimlari, shuningdek, MG, DXX, DSI xodimlari va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus guruhlar xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Jarayonda guruhlar tomonidan maqsadli reydlar va tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, pirotexnika mahsulotlarini viloyatga olib kirish, sotish, sotib olish, olib yurish, saqlash va ishlatish bilan bog‘liq 4 ta holat aniqlanib, huquqbuzarlardan jami bo‘lib 180 ming so‘mlik, 510 dona mahsulotlar tegishli tartibda olib qo‘yilib, huquqbuzarlarga nisbatan choralar ko‘rildi.
Tadbir davomida ishchi guruhi xodimlari tomonidan respublikamiz hududida olib kirilishi taqiqlangan pirotexnika mahsulotlarini ayanchli oqibatlari haqida keng jamoatchilik vakillari, mehnat jamoalari va o‘quvchi-talaba yoshlar bilan uchrashuvlar ham o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati