Pirotexnika buyumlaridan ehtiyot bo‘ling!
Toshkent tibbiyot akademiyasida Termiz filialida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi. Unda profilaktika inspektori katta leytenant Kamariddinov Muslimbek Arifovich xamda TTATF Manaviyat bo‘lim boshlig‘i A.Yuldoshevlar O‘zbekiston Respublikasining “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2010 yil 22 sentabrdagi O‘RQ-261-sonli Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 25 oktabrdagi 234-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Surxondaryo viloyat IIBning 2024 yil 25 oktabr kunidagi 15/1427-sonli ko‘rsatmalariga asosan pirotexnika buyumlarining shahrimiz hududiga noqonuniy olib kirilishi, saqlanishi, sotilishi va ulardan foydalanilishi borasida qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berishdi.