27 Sentyabr 2025 yil 149

Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetida profilaktik tadbirlar

Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 2025-yil 15-sentyabrdan 15-oktabrga qadar mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz kibermakon” hamda “Xavfsiz talaba” oyligi doirasida keng qamrovli targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar davomida talabalar oʻrtasida profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish, internet xavfsizligi, shuningdek, oliygoh ichki tartib-qoidalari va odob-axloq kodeksiga qatʼiy amal qilish zarurligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, koʻrgazmali bukletlar tarqatilib, talabalarni huquqiy bilimlarini oshirish, masʼuliyatli va ongli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan umumiy profilaktik ishlar amalga oshirildi.

Text to speech