Paxta terimiga tayyorgarlik avjida
Mehnatsevar bobodehqonlarimiz tomonidan etishtirilgan paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig'ishtirib olish uchun Surxondaryo viloyatida tayyorgarlik ishlari qizg'in olib borilmoqda. Viloyat IIB boshlig'i rahbarlik qilayotgan 3-sektorga biriktirilgan hududlarda ham hosilni sifatli yig'ib-terib olish uchun 373 ta terim otryadi, 303 ta transport traktori va 614 ta Tirkamalar safarbar etildi. Viloyat ichki ishlar boshlig'i Avduvohid Ismoilov ushbu tayyorgarlik jarayonini, texnikalar shayligi va terimchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishib, paxta xom-ashyosini yig'ib-terib olish ishlarini samarali tashkil etish, mavsumni uyushqoqlik bilan o'tkazish yuzasidan qilinayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.
Texnikalar shayligi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.
Aytish kerakki, bu yil 3-sektorda paxta hosili uchun 499 ta fermer xo'jaligi tomonidan 19516 gektar maydonga g'o'za ekilgan bo'lib, 62920 tonna mo'l hosil olinishi kutilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati