Patrul-post xizmati batalonida «Biz korrupsiyaga qarshimiz!» shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Surxondaryo viliyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash
boshqarmasi Patrul-post xizmati batalonida «Biz korrupsiyaga qarshimiz!» shiori
ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda
joriy yilning 15 aprel kunidan tizimda "Korrupsiyaga qarshi kurashish
dolzarb 10 kunligi" e’lon qilinganligi munosabati bilan ushbu tadbirning maqsad
va vazifalari haqida qisqacha so‘z yuritildi. Patrul-post xizmati bataloni komandiri
xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlar tomonidan
korrupsiya va tamagirlik holatlari sodir etilishining oldini olish, xizmat intizomiga
qat’iy amal qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiya va tamagirlik holatlariga
yo‘l qo‘ymaslik, ichki ishlar organi xodimiga xos fazilatlarni mustahkam saqlash
bo‘yicha aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tdi.