18 Iyun 2020 yil
745
Parvarishdagi "nasha" o'simligi aniqlandi
Denov tumanida 2020 yilning 06 iyun kuni taxminan soat 11.00 lar chamasida, tuman ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "Gulobod" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi A.E.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, tomarqasiga 4 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Holat yuzasidan 16 iyun kuni A.E.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati