Pandemiya sharoitida mehmonxona xizmatlarini tashkil qilish bo'yicha vaqtinchalik yo'riqnoma ijroda
O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasi"ning 2020 yil 6 may kunidagi 21-sonli yig'ilish bayoni talablariga muvofiq "pandemiya sharoitida mehmonxona xizmatlarini tashkil qilish bo'yicha vaqtinchalik yo'riqnoma" tasdiqlanganligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan joylashtirish vositalari tomonidan mehmonxona xizmatlarini ko'rsatishda vaqtinchalik yo'riqnoma talablariga rioya etilayotganligi o'rganib chiqildi.
Jumladan, "e-mexmonxona" elektron tizimiga ulangan joylashtirish vositalari o'rganib chiqilganida, jami 53 ta joylashtirish vositalari faoliyat olib borayotgan bo'lib, ulardan 4 tasida hozirgi kunda karantinga olingan fuqarolar joylashtirilib, ular bilan profilaktik-davolash ishlari olib borilmoqda.
Barcha joylashtirish vositalariga kirish eshigida dizenfektsiya to'shamasi to'shalganligi, mehmonxonaga kelgan odamlar qo'llarini dizenfektsiya qilish uchun antiseptik vositalar etarli darajada qo'yilganligi, mexmonxonaga kelgan shaxslarning tana harorati o'lchash uchun termometr mavjudligi, adminstrator tibbiy nikob takkan xolda xizmat olib borayotganligi, mexmonxonada antiseptik vositalaring etarli darajada zaxirasi yaratilganligi, shuningdek mexmonxonaga kelgan mexmonlar har biri bir kishidan alohida-alohida xonaga joylashtirilganligi va mexmonxonaning yo'lakchalari (karidor)lari belgilangan vaqtda antiseptik vositalar bilan doimiy ravishda tozalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tashabbusi bilan "pandemiya sharoitida karantin qoidalariga amal qilinishi va mexmonxona xizmatini tashkil etish bo'yicha ishlab chiqilgan vaqtinchalik yo'riqnomalar"nomli buklet tayyorlanib, barcha joylashtirish vositalariga tarqatildi.