4 Mart 2023 yil 217

Payshanba-“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

  Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari tomonidan payshanba-“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida hududiy universitet, kollej, maktab hamda davlat tashkilotlarida o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlar davom ettirilib kelinmoqda.

 Jumladan, 2023-yilning 2-mart kuni viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Xalq ta’lim boshqarmasida “Korrupsion jinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsion jinoyatlarning turlari haqida tushuncha berilib, bugungi kunda ta’lim sohasida sodir bo‘lib kelayotgan salbiy holatlar yuzasidan amaliy misollar o‘qib eshittirildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berilishi ta’minlandi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech