7 Mart 2025 yil
864
“Payshanba profilaktika kuni” munosabati bilan Bandixon tumanida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Bandixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ 1-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur qaror ijrosi doirasida tungi vaqtlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tungi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.